Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, kafolat muddati tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan e'tiboran o'ta boshlaydi.
Agar sotib oluvchi sotuvchiga bog'liq bo'lgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo'lsa, sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf etmaguncha kafolat muddatining o'tishi boshlanmaydi.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda sotuvchiga tovarning kamchiliklari haqida xabar qilish sharti bilan kafolat muddati tovarda aniqlangan kamchiliklar tufayli undan foydalanib bo'lmagan vaqtga uzaytiriladi.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o'ta boshlaydi.
Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o'ta boshlaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
404-modda. Tovarning kafolat muddatini hisoblash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.