Sotuvchi sotib oluvchiga topshirishi lozim bo'lgan tovar uni sotib oluvchiga topshirish paytida ushbu Kodeksning 402-moddasida nazarda tutilgan talablarga, agar tovarning ushbu talablarga muvofiqligini aniqlashning boshqa payti oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan bo'lmasa, javob berishi va oqilona muddat davomida belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo'lishi kerak.
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining tovar sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan taqdirda, sotuvchi sotib oluvchiga shartnomada belgilangan muayyan vaqtda (kafolat muddatida) ushbu Kodeksning 402-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan tovarni topshirishi lozim.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovar sifatining kafolati barcha butlovchi buyumlarga ham tegishli bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
403-modda. Tovar sifatining kafolati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.