Fuqarolik kodeksi

401-modda. Shartnomaning tovar assortimenti to'g'risidagi shartini buzish oqibatlari

Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarlarni shartnomaga mos kelmaydigan assortimentda topshirgan taqdirda sotib oluvchi ularni qabul qilishdan va haqini to'lashdan bosh tortishga, bordi-yu ularning haqi to'lab qo'yilgan bo'lsa, to'langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli. Agar sotuvchi sotib oluvchiga assortimenti oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarlar bilan bir qatorda assortiment to'g'risidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlar ham topshirgan bo'lsa, sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra: shartnomaning assortiment to'g'risidagi shartlariga mos bo'lgan tovarlarni qabul qilish va qolgan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish; topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish; shartnomaning assortiment to'g'risidagi shartlariga mos bo'lmagan tovarlarni shartnomada nazarda tutilgan assortimentdagi tovarlarga almashtirib berishni talab qilish; topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilish huquqiga ega. Sotib oluvchi assortimenti oldi-sotdi shartnomasi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortganida yoki assortiment to'g'risidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlarni almashtirishni talab qilganida bu tovarlar haqini to'lashdan bosh tortishga, bordi-yu ularning haqi to'lab qo'yilgan bo'lsa, to'langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga ham haqli. Agar sotib oluvchi shartnomaning assortiment to'g'risidagi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni olganidan so'ng ularni qabul qilishdan bosh tortishi to'g'risida oqilona muddatda sotuvchiga xabar qilmasa, bunday tovarlar qabul qilingan hisoblanadi. Agar sotib oluvchi assortimenti shartnomaga mos kelmaydigan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortmasa, bu tovarlarning haqini sotuvchi bilan kelishilgan bahoda to'lashi shart. Sotuvchi bahoni kelishish bo'yicha oqilona muddatda zarur choralar ko'rmagan taqdirda, sotib oluvchi tovarlar haqini odatda shartnoma tuzish paytidagi o'xshash vaziyatlarda xuddi shunday tovarlarga berilgan bahoda to'laydi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu modda qoidalari qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Sotuvchi agar shartnomasida belgilangan tovarlarni noto'g'ri assortimentda topshirsa, sotib oluvchi ularni rad etishga, pul qaytarib olishga yoki to'g'ri tovarlar bilan almashtirishga haqli. Agar sotib oluvchi noto'g'ri tovarlarni qabul qilsa, ularning haqini to'lashi kerak. Sotib oluvchi rad etish haqida oqilona vaqtda xabar berishi shart, aks holda tovarlar qabul qilingan deb hisoblanadi. **Kimga tegishli** Bu qoida sotib oluvchi va sotuvchi o'rtasidagi tovar assortimenti masalalarida qo'llaniladi. **Amalda** Dukonda buyurtma qilgan 10 kg olma o'rniga 5 kg olma va 5 kg nok topshirildi. Sotib oluvchi noto'g'ri tovarlarni rad etib, pul qaytarib olishni talab qila oladi yoki to'g'ri assortimentni talab qilishi mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.