Agar oldi-sotdi shartnomasiga ko'ra tovarlar tur, model, o'lcham, rang va boshqa belgilari (assortiment) bo'yicha muayyan nisbatda topshirilishi lozim bo'lsa, sotuvchi tovarlarni sotib oluvchiga taraflar kelishgan assortimentda topshirishi shart.
Agar oldi-sotdi shartnomasida assortiment belgilanmagan hamda shartnomada uni belgilash tartibi ko'rsatilmagan bo'lsa, lekin majburiyat mohiyatidan tovarlar sotib oluvchiga assortiment bo'yicha topshirilishi lozimligi kelib chiqsa, sotuvchi sotib oluvchiga tovarlarni sotib oluvchining shartnoma tuzish paytida sotuvchiga ma'lum bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqadigan assortimentda topshirishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
400-modda. Tovarlarning assortimenti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.