Fuqarolik kodeksi

345-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida hisobga o'tkazish

Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgan taqdirda qarzdor o'zining dastlabki kreditorga muqobil talabini yangi kreditorning talabiga qarshi hisobga o'tkazishga haqli. Agar talab qarzdor bu talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgani to'g'risidagi bildirishni olgan paytgacha mavjud bo'lgan asosga ko'ra vujudga kelgan bo'lsa va talab qilish muddati ana shu bildirish olinguncha kelgan bo'lsa yoki ushbu muddat ko'rsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan bo'lsa, hisobga olish amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.