Fuqarolik kodeksi

344-modda. Hisobga o'tkazishga yo'l qo'yilmasligi

Quyidagi talablarni hisobga o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi: da'vo muddati o'tgan talablarni; fuqaroning sog'ligiga shikast yetishi yoki uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talabini; alimentlar undirish haqidagi talabni; umrbod asrash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga topshirish talabini; qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollardagi talabni.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.