Agar garov to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garovga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo'lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini o'z zimmasiga oladi.
Agar garovga oluvchi ushbu Kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u o'ziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman yo'qolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi.
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chog'ida qancha summaga baholangan bo'lishidan qat'i nazar, garovga oluvchi garov narsasi yo'qolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasiga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan bo'lsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita o'z vazifasi bo'yicha foydalanish mumkin bo'lmaydigan darajada o'zgargan bo'lsa, garovga qo'yuvchi undan voz kechishga va uning yo'qolganligi uchun haq talab qilishga haqli.
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yo'qolishi yoki shikastlanishi tufayli garovga qo'yuvchiga yetkazilgan boshqa zararni to'lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Garov bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor bo'lgan garovga qo'yuvchi garov narsasining yo'qolishi yoki shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to'lash to'g'risidagi talabni garov bilan ta'minlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
275-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolishi yoki shikastlanishining oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.