Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garovga qo'yuvchi yoki garovga oluvchi garovga qo'yilgan mol-mulk kimdaligiga qarab (ushbu Kodeksning 269-moddasi):
1) garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning to'la qiymati bo'yicha, bordi-yu mol-mulkning to'la qiymati garov bilan ta'minlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam bo'lmagan summaga garovga qo'yuvchi hisobidan sug'urtalashi;
2) garovga qo'yilgan mol-mulkning asralishini ta'minlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni ko'rishi;
3) garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo bo'lganligi to'g'risida ikkinchi tarafni darhol ogohlantirishi shapt.
Garovga oluvchi va garovga qo'yuvchi ikkinchi tarafdagi garovga qo'yilgan mol-mulkning mavjudligini, miqdorini, holatini va uni saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda tekshirishga haqli.
Garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan burchlarni garovga qo'yilgan mol-mulkning yo'qolish yoki shikastlanish xavfini tug'diradigan darajada qo'pol suratda buzganida garovga qo'yuvchi garovni muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
274-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni saqlash va asrash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.