Egasi aniqlanishi mumkin bo'lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo'qotgan xazina, ya'ni yerga ko'milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoxud qimmatbaho buyumlar xazina yashirib qo'yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va shu kabilar) mulkdori bo'lgan shaxs va xazinani topgan shaxs mulkiga, agar ular o'rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, teng ulushlarda o'tadi.
Xazina u yashirib qo'yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi kerak.
Moddiy madaniy meros ob'yektlari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat mulkiga topshirilishi kerak. Bunda xazina yashirib qo'yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olish huquqiga egadirlar. Agar ular o'rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, mukofot bu shaxslar o'rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
Bunday xazinani u yashirib qo'yilgan mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs topib olsa, bu shaxsga mukofot to'lanmaydi va xazina batamom mulkdorning ixtiyoriga o'tadi.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslarga nisbatan ushbu moddaning qoidalari qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
196-modda. Xazina
(196-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.