Fuqarolik kodeksi

195-modda. Qarovsiz hayvonlar

(195-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Qarovsiz yoki adashgan chorva mollarini yoxud boshqa qarovsiz uy hayvonlari yoki qo'lga o'rgatilgan hayvonlarni tutib olgan shaxs ularni egasiga qaytarishi shart, basharti hayvonlarning egasi yoki uning qayerdaligi noma'lum bo'lsa, tutib olgan paytdan boshlab uch kundan kechiktirmay topilgan hayvonlar to'g'risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga xabar qilishi shart, ular hayvonlarning egasini qidirish choralarini ko'radilar. Hayvonlarning egasi qidirilayotgan vaqtda ularni saqlash hamda ulardan foydalanish uchun tutib olgan shaxsda qoldirilishi yoxud zarur sharoiti bo'lgan boshqa shaxsga saqlash va foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxsning iltimosiga ko'ra hayvonlarni boqishi uchun zarur sharoiti bo'lgan shaxsni topish hamda hayvonlarni unga topshirishni tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish bo'limlari, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi amalga oshiradi. Qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxs hamda bu hayvonlar saqlash va foydalanish uchun berib turilgan shaxs ularni lozim darajada saqlashlari shart va hayvonlar nobud bo'lishi yoki shikastlanishi uchun aybdor bo'lsalar, hayvonlarning narxi doirasida javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.