Fuqarolik kodeksi

193-modda. Topilmaga egalik huquqini olish

(193-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Agar yo'qolgan ashyoni olishga haqli bo'lgan shaxs topilma to'g'risida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e'tiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga ushbu ashyoga bo'lgan o'z huquqi to'g'risida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi. Basharti, ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.