Fuqarolik kodeksi

192-modda. Topilma

(192-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Yo'qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo'qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo'lgan o'zga ma'lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo'lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo'lmish shaxsga topshirilmog'i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo'lga kiritadi va uning majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan shaxs noma'lum bo'lsa yoki uning manzili ma'lum bo'lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to'g'risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga ma'lum qilishi shart. Ashyoni topib olgan shaxs uni o'zida saqlab turishga yoki saqlash uchun ichki ishlar organi, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga yoxud ular ko'rsatgan shaxsga topshirishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.