Agar muddat biron-bir harakatni amalga oshirish uchun tayinlangan bo'lsa, bu harakat muddatning oxirgi kunidagi soat yigirma to'rtga qadar bajarilishi mumkin.
Agar, bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi kerak bo'lsa, u holda muddat belgilangan qoidalarga muvofiq ushbu tashkilotda tegishli operatsiyalar to'xtatiladigan soatda tamom bo'ladi.
Muddatning oxirgi kunida soat yigirma to'rtga qadar aloqa tashkilotiga topshirilgan yoki boshqa aloqa vositalari bilan yuborilgan barcha yozma bayonotlar va xabarlar, pul o'tkazmalari muddatida qilingan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
148-modda. Muddatning oxirgi kunida harakatni amalga oshirish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.