Fuqarolik kodeksi

147-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom bo'lishi

Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom bo'ladi. Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo'llaniladi. Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo'llaniladi. Bunda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa — yil boshidan yuritiladi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi. Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va u o'n besh kunga teng bo'ladi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom bo'lishi tegishli raqam bo'lmagan oyga to'g'ri kelsa, u holda muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi. Haftalar bilan o'lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.