Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining o'limi umumiy mol-mulkka bo'lgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va ushbu Kodeksning 226-moddasida belgilangan tartibda umumiy mol-mulkni taqsimlash yoxud undan vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos bo'ladi. Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga to'g'ri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi, mol-mulkni natura holida taqsimlashning imkoni bo'lmaganida esa — bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi.
Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkka bo'lgan huquqdagi o'z ulushini vasiyat qilishga haqlidir, bu ulush uning vafotidan keyin ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1114-modda. Umumiy birgalikdagi mulk bo'lgan mol-mulkni meros qilib olish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.