Fuqarolik kodeksi

1113-modda. Meros tarkibi

(1113-модда иккинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan, uning o'limidan keyin ham bekor bo'lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi. Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan huquq va majburiyatlar: yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a'zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo'lmasa; hayotga yoki sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi; aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar; mehnat va ijtimoiy ta'minot to'g'risidagi qonunchilik asosida pensiya, nafaqa va boshqa to'lovlar olish huquqi; mulkiy huquqlar bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi. Meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo'rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.