Ushbu Kodeks 1056-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan mulkiy huquqlar faqat mualliflik shartnomasini tuzish yo'li bilan huquq egasi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi mumkin, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq bo'lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi faqat ushbu huquqlar o'tkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.
Mutlaq bo'lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazgan mutlaq huquqlar egasi va (yoki) bu asardan ayni shunday usulda foydalanish uchun ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan teng ravishda foydalanishga ijozat beradi.
Mualliflik shartnomasi bo'yicha boshqa shaxsga o'tkaziladigan huquqlar, agar shartnomada bevosita boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, mutlaq bo'lmagan huquqlar hisoblanadi.
Asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy ob'yektga bo'lgan mulk huquqi bilan bog'liq emas.
Moddiy ob'yektga bo'lgan mulk huquqini yoki moddiy ob'yektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o'tkazish shu ob'yektda aks ettirilgan asarga bo'lgan biron-bir mualliflik huquqining o'z-o'zidan boshqa shaxsga o'tkazilishiga sabab bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1067-modda. Mualliflik shartnomasi
(1067-модда матни Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.