Fuqarolik kodeksi

1065-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddati

(1065-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 20 августдаги ЎРҚ-709-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.08.2021 й., 03/21/709/0808-сон)

Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko'rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi. Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar ko'rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o'z shaxsini ma'lum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o'rin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatlar qo'llaniladi. Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e'lon qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar e'lon qilinganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi. Mualliflik huquqi, mualliflik ismiga bo'lgan huquq va muallif obro'sini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi. Asarga O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak. Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o'ta boshlashi uchun asos bo'ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e'tiboran boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Mualliflik huquqi — bu kitob, musiqa, film kabi ijodiy asarning muallifi unga ega bo'lish huquqi. Bu huquq muallif tirik bo'lgan vaqt davomida va vafotidan keyin 70 yil amal qiladi. Agar asar bir nechta odam tomonidan yaratilgan bo'lsa, oxirgi muallif vafot etganidan keyin 70 yil hisoblanadi. **Kimga tegishli** Bu huquq asar yaratgan shaxs va uning varislariga tegishli. **Amalda** Agar shoir 2000-yilda kitob nashr etib, 2030-yilda vafot etsa, uning mualliflik huquqi 2100-yilgacha amal qiladi. Shu vaqtdan keyin kitob bepul nusxalash mumkin bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.