Fuqarolik kodeksi

1063-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi

(1063-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)

Ushbu Kodeksga muvofiq mualliflik huquqi: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lgan yoki O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga ega bo'lgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga; mualliflarning fuqaroligi va doimiy turar joyidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga; O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga tatbiq etiladi. Agar asar O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan so'ng o'ttiz kun ichida O'zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga O'zbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchun asos bo'lib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir bo'lgan bo'lsa, o'sha davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.