Intellektual mulk ob'yektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma bo'yicha boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin, shuningdek bu mutlaq huquqlar meros bo'lib va yuridik shaxs — huquq egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida o'tadi.
Mulkiy huquqlarning shartnoma bo'yicha o'tkazilishi yoxud ularning universal huquqiy vorislik tartibida o'tishi mualliflik huquqining va boshqa begonalashtirilmaydigan hamda o'zgaga o'tkazilmaydigan mutlaq huquqlarning o'tkazilishiga yoki cheklanishiga sabab bo'lmaydi. Bunday huquqlarning o'tkazilishi yoki cheklanishi to'g'risidagi shartnoma shartlari o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Shartnoma bo'yicha o'tkaziladigan mutlaq huquqlar unda aniqlab qo'yilishi lozim. Shartnomada boshqa shaxsga o'tkaziladigan huquq sifatida ko'rsatilmagan huquqlar, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo'lsa, o'tkazilmagan deb hisoblanadi.
Mutlaq huquqni uning amal qilish davrida cheklangan vaqtga boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1035-modda. Mutlaq huquqlarning boshqa shaxsga o'tishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.