Fuqarolik kodeksi

1034-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga nisbatan mutlaq huquqlar

(1034-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)

Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk ob'yektidan o'z xohishiga ko'ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo'ladi. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo'lgan intellektual mulk ob'yektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yo'l qo'yiladi. Intellektual mulk ob'yektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazishga, intellektual mulk ob'yektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa qonunlarning qoidalariga zid bo'lmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli. Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk ob'yektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo'li bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk ob'yektidan normal foydalanilishiga o'rinsiz ziyon yetkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.