Fuqarolik kodeksi

1029-modda. Qaytarilishi lozim bo'lgan mol-mulkka qilingan xarajatlarni to'lash

Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk qaytarilganida yoxud uning qiymati to'langanida qo'lga kirituvchi daromadlarni qaytarishi shart bo'lgan vaqtdan boshlab mol-mulkni saqlab turish va asrash uchun qilingan zarur xarajatlarni o'zi olgan nafni e'tiborga olgan holda to'lashni jabrlanuvchidan talab qilishga haqli. Qo'lga kirituvchi qaytarilishi lozim bo'lgan mol-mulkni bila turib bermay turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yo'qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.