Fuqarolik kodeksi

1028-modda. Jabrlanuvchiga olinmagan daromadlarni to'lash

Mol-mulkni asossiz olgan yoki tejab qolgan shaxs boylikning asossiz orttirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan vaqtdan boshlab ana shu mol-mulkdan chiqarib olgan yoki chiqarib olishi lozim bo'lgan barcha daromadlarni jabrlanuvchiga qaytarishi yoki to'lashi shart. Asossiz orttirilgan pul summasiga, qo'lga kirituvchi pul mablag'larini olish yoki tejab qolishning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan vaqtdan boshlab, o'zganing mablag'laridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.