Chet el fuqarosi yuridik yoki jismoniy shaxslarning taklifiga binoan kelganda, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan majburiyatni va javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni o'z yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
Bundan tashqari, taqdim etilgan tegishli talabnomalarga asosan quyidagi hollarda chet el fuqarolariga viza rasmiylashtirib beriladi:
chet el fuqarolari turli sabablarga ko'ra pasportlarini (harakatlanish hujjatini) almashtirganda (eski pasportida (harakatlanish hujjatida) mavjud bo'lgan vizaning amal qilish muddatiga yangi viza rasmiylashtirib beriladi);
pasport (harakatlanish hujjati) yo'qolganda (ushbu holatni tasdiqlovchi vakolatli organning ma'lumotnomasi taqdim etiladi);
chet el fuqarosining farzandi O'zbekiston Respublikasi hududida tug'ilganda (agar O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub bo'lmaganda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma va tegishli davlatning O'zbekiston Respublikasida joylashgan elchixonasi tomonidan berilgan milliy pasport (harakatlanish hujjati) taqdim etilganda);
O'zbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirib kelgan 16 yoshga to'lmagan chet el fuqarosi respublika hududida 16 yoshga to'lganda;
amaldagi vizaning safarlar soni tugaganda;
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotgan chet el fuqarosiga;
ko'chirib berilayotgan amaldagi viza vakolatli organ tomonidan uzaytirilganda (ko'chirib berilgan viza uchun davlat boji undirilmaydi).
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)
15¹⁷-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15¹⁷-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.