O'zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro'yxatdan o'tkazilgan chet el fuqarolari taklifi bo'yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi chet el fuqarosining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Tartibga 2-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ikki nusxadagi viza talabnomasi;
taklif etuvchi shaxs, chet el fuqarosining milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
taklif qilingan chet el fuqarosining amaldagi viza nusxasi;
agar chet el fuqarosi taklif etuvchi shaxsning yaqin qarindoshi bo'lsa, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh guvohnomasi va tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma)dan nusxalar;
chet el fuqarosi O'zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro'yxatdan o'tkazilgan boshqa chet el fuqarolarining taklifiga asosan mehmon sifatida kelganida, ularni taklif qilgan shaxsning doimiy akkreditatsiya qilinganlik hujjati va amaldagi vizasining nusxasi.
Shuningdek, chet el fuqarosi tomonidan vizani uzaytirishga asos bo'luvchi (doimiy yashashga hujjat topshirganligi, maktabda tahsil olishi, davolanishi va shu kabilarni tasdiqlovchi boshqa) hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)
15¹⁶-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15¹⁶-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.