Chet el fuqarolari tranzit vizasini olish uchun O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo'lmagan hollarda — O'zbekiston Respublikasi uchun konsullik funktsiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to'ldirilgan belgilangan shakldagi viza-anketa bilan murojaat qiladilar hamda milliy pasportni, borilayotgan davlat vizasini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasidan borilayotgan davlatga jo'nab ketish sanasi tasdiqlangan yo'l hujjatlarini taqdim etadilar.
O'zbekiston Respublikasi hududi orqali shaxsiy, yo'lovchilar tashish yoki yuk transportida tranzit bilan o'tib ketadigan chet el (haydovchilari) fuqarolari (72 soatdan ko'p bo'lmagan muddat mobaynida) viza anketasi, milliy pasport va borilayotgan mamlakat vizasidan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasini, transportga egalikni va avtotransportning texnik holatini tasdiqlovchi hujjatlarni, yukning borilayotgan mamlakatga yetkazib berilishini tasdiqlovchi yuk hujjatlarini va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Tranzit vizani O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan rasmiylashtirish 3 sutka mobaynida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)
13-band. Ii. o'zbekiston respublikasiga kelish vizalarini rasmiylashtirish tartibi — 13-band
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Tranzit viza — O'zbekiston orqali boshqa davlatga o'tib ketayotgan chet el fuqarolari uchun beruvchi viza. Ushbu vizani olish uchun viza-anketa, pasport, borilayotgan davlat vizasi va yo'l hujjatlarini taqdim etish kerak. Avtomobil bilan o'tayotganlar uchun qo'shimcha ravishda haydovchilik guvohnomasi, transport hujjatlari va yuk dokumentlari talab qilinadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida O'zbekiston orqali tranzit bilan o'tib ketayotgan barcha chet el fuqarolari va haydovchilariga tegishli.
**Amalda**
Misol: Fransiyalik turist Tashkent orqali Qozog'istonga bormoqchi. U O'zbekiston konsulligiga viza-anketa, pasport, Qozog'iston vizasi va chiqqish biletini taqdim etadi. Konsullik 3 kun ichida tranzit vizani beradi va u 72 soat davomida O'zbekiston orqali o'tib ketishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.