Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

12-band. Ii. o'zbekiston respublikasiga kelish vizalarini rasmiylashtirish tartibi — 12-band

Chet el fuqarolari turist sifatida kelish vizalarini olish uchun O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo'lmagan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi uchun konsullik funktsiyasini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to'ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga milliy pasportni va o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirayotgan turistik tashkilotlarning taklifnomasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar. Xorijiy fuqaroning turist sifatida kelish vizasini rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan 3 sutkadan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasnodir. Xorijiy davlatda O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bo'lmagan taqdirda O'zbekiston Respublikasiga turistlar sifatida kelayotgan chet el fuqarolariga kelish-ketish vizalarini O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan berilishiga yo'l qo'yiladi. Chet el fuqarolari O'zbekiston Respublikasining turistik vizasida ko'rsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o'tish punktlarida tegishli o'zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi. Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo'lgan mamlakatlar ro'yxatiga kiritilgan chet el fuqarolari O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qilmasdan, O'zbekiston Respublikasi hududiga 30 kun muddatga bir martalik, ikki martalik va ko'p martalik kirish uchun «e-visa.gov.uz» portali orqali «E-VISA.UZ» tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirishlari va olishlari mumkin. Elektron vizani rasmiylashtirish va olish tartibi Elektron viza to'g'risidagi nizom bilan tartibga solinadi. Elektron vizani rasmiylashtirish va berishga doir murojaatni ko'rib chiqish muddati murojaat berilgan kundan tashqari ikki ish kunini tashkil etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Turist vizasi rasmiylashtirish tartibi** Nimani anglatadi Chet el fuqarosi O'zbekistonga turist sifatida kirish uchun viza olishi kerak. Viza rasmiylashtirish uchun pasport, viza anketi va turizm tashkilotining taklifnomasi taqdim etish zarur. Viza 3 kun ichida beriladi. Kimga tegishli Bu qoida chet el fuqarolariga tegishli. Amalda Misol uchun, Amerikali turist O'zbekistonga kelmoqchi bo'lsa, Tashkentdagi konsullikka viza anketasi, pasporti va turizm agentligining taklifnomasini topshiradi. Agar elektron viza tizimiga kiritilgan davlatdan bo'lsa, «e-visa.gov.uz» orqali onlayn viza olishi mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.