Byudjet kodeksi

90²-modda. Davlat byudjetini shakllantirishda byudjetdan ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini yetkazish tartibi

(90²-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Fiskal strategiya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi moliya yili uchun: birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga, O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag'larini oluvchilarga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga — O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini, shuningdek ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, shuningdek ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini; davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarga — O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan davlat maqsadli jamg'armalariga ajratiladigan transfertlarning cheklangan miqdorlarini yetkazadi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan kelgusi moliya yili uchun O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish kuni ichida tegishli byudjetlarning byudjet so'rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash to'g'risida qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining byudjet so'rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilinganidan keyin Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari: tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini yetkazadi. Tumanlar va shaharlar hokimlari Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli byudjetlarning byudjet so'rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash to'g'risida qarorlar qabul qiladi. Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tegishli byudjetlarning byudjet so'rovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi qarorlarni olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga yetkazadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.