O'rta muddatli davr uchun fiskal strategiya (bundan buyon matnda Fiskal strategiya deb yuritiladi):
makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rta muddatli davr uchun prognozlarini;
soliq va byudjet siyosatining o'rta muddatli davr uchun asosiy yo'nalishlarini;
O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari va xarajatlarining soliq-byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan o'rta muddatli davr uchun prognozlarini;
kelgusi moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlari daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo'ljallarni;
kelgusi moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo'ljallarni;
umumiy fiskal balans prognozlarini;
Davlat byudjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlilini o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili 15 aprelga qadar o'rta muddatli davr uchun kamida ikkita stsenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi ishlab chiqiladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:
birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar tomonidan — har yili 1 mayga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida o'rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar ro'yxati hisobga olingan holda zarur bo'lgan mablag'lar, ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalar to'g'risidagi dastlabki takliflar;
davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — har yili 1 mayga qadar navbatdagi o'rta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlar prognozlari va xarajatlarning dastlabki miqdorlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida kelgusi o'rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur bo'lgan mablag'lar bilan ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari bo'yicha takliflar;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — har yili 1 mayga qadar daromadlar prognozlari, xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalar) dastlabki miqdorlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;
O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi hamda boshqa vazirliklar, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15 mayga qadar amaldagi soliq-byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda o'rta muddatli davr uchun Davlat byudjetiga soliq va bojxona tushumlarining prognozlari bo'yicha hisob-kitoblar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqishda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusidagi o'rta muddatli davr uchun birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga ajratiladigan, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlarini belgilaydi.
Fiskal strategiya O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn90-modda. O'rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish tartibi
(90-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.