Insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar insonparvarlik yordami bo'yicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan har yili 1 iyulga qadar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi insonparvarlik yordami bo'yicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31 iyuldan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Insonparvarlik yordamini jalb etish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan insonparvarlik yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtma asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn65-modda. Insonparvarlik yordamini jalb etish
(65-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.