Beg'araz yordam insonparvarlik yordami va texnik ko'maklashish mablag'lari tarzida beriladi.
Insonparvarlik yordami aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo'llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqat, xalq iste'moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy xayriyalar, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tarzida beriladi. Tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari, harbiy maqsad uchun mo'ljallangan tovarlar, shuningdek olib kirilishi taqiqlangan tovarlar insonparvarlik yordami sirasiga kiritilishi mumkin emas.
Texnik ko'maklashish mablag'lari asbob-uskunalar va texnologiyalarni sotib olish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni o'tkazish, xodimlarni davolash, o'qitish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari ko'rsatish hamda qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun natura ko'rinishdagi va pul shaklidagi grantlar tarzida beriladi.
O'zbekiston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaxslar insonparvarlik yordami va texnik ko'maklashish mablag'larini oluvchilar bo'lishi mumkin.
Insonparvarlik yordami va texnik ko'maklashish mablag'larini oluvchilar tegishli donorlar bilan kelishuvlar yoki qonunchilik asosida aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasiga beg'araz yordam doirasida kelgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
Mablag'lar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning beg'araz yordamga mansubligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn64-modda. Beg'araz yordam turlari
(64-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.