Byudjet kodeksi

33-modda. Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarning byudjet sohasidagi vakolatlari

(33-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar: davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi; davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazadi; davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida yetkazadi; ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflar tayyorlaydi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; davlat maqsadli jamg'armalariga yig'imlar, davlat bojlari, soliq bo'lmagan to'lovlar va boshqa tushumlar to'liq hamda o'z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi; davlat maqsadli jamg'armalari mablag'laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni ko'paytirish bo'yicha qo'shimcha zaxiralarni aniqlaydi; davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi; davlat maqsadli jamg'armalarining Yagona g'azna hisobvarag'i va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag'larini boshqaradi; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta'sir ko'rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o'tkazadi. Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.