Byudjet kodeksi

32-modda. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari

(32-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar: byudjet buyurtmasini byudjet mablag'larini taqsimlovchiga, byudjet mablag'larini taqsimlovchi bo'lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga ushbu Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi; xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni byudjet mablag'larini taqsimlovchiga, byudjet mablag'larini taqsimlovchi bo'lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga byudjetdan ajratiladigan mablag'lar doirasida ro'yxatdan o'tkazish uchun kiritadi; xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larni mo'ljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi; byudjetdan ajratiladigan mablag'lar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi; ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga o'zgartirishlar kiritadi; tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni byudjet mablag'larini taqsimlovchiga, byudjet mablag'larini taqsimlovchi bo'lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga taqdim etadi. Byudjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek: shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni byudjet mablag'larini taqsimlovchiga, byudjet mablag'larini taqsimlovchi bo'lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga byudjetdan ajratiladigan mablag'lar doirasida ro'yxatdan o'tkazish uchun kiritadi; ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga o'zgartirishlar kiritadi; muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, g'aznachilik bo'linmalariga o'z vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta'minlaydi; byudjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.