Byudjet kodeksi

156-modda. O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog'ozlari

(156-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog'ozlarini chiqaradi. Davlat qimmatli qog'ozlarini chiqarish va ularning cheklangan hajmi to'g'risidagi qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat g'aznachilik obligatsiyalarini joylashtirishda; davlat g'aznachilik obligatsiyalari bo'yicha qiymatni, foizlarni va boshqa to'lovlarni to'lashda; davlat g'aznachilik obligatsiyalari bo'yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda fiskal agent sifatida ishtirok etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.