Byudjet kodeksi

155-modda. O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari

(155-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasining davlat kafolati qarz oluvchi-rezident o'zidan undiriladigan summani qarz (kredit) bo'yicha bitimlarda belgilangan muddatda to'lamagan taqdirda O'zbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni to'liq yoki qisman to'lab berish majburiyatidir. O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-rezidentlar o'zi olgan kreditlar (qarzlar) bo'yicha majburiyatlarni bajarishining ta'minoti sifatida beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilmaydi. O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra beriladi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish bo'yicha vakolatli organdir. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan shart qilib qo'yilgan to'lovlarni amalga oshirgach, amalga oshirilgan to'lovlar va ular bilan bog'liq xarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan so'zsiz undirib olish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, taqdim etish, ro'yxatdan o'tkazish va ular bo'yicha majburiyatlarni bajarish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.