Joriy moliya yilining byudjet tizimi byudjetlariga tushumlarni kiritish bilan bog'liq bo'lgan barcha operatsiyalari joriy moliya yilining oxirgi ish kunida yakunlanadi.
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlariga kelgusi yilda kiritilgan daromadlar yangi boshlangan yil daromadlari hisoblanadi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari daromadlari bo'yicha tranzit hisobvaraqlariga joriy yilning oxirgi ish kuni tugaguniga qadar kiritilgan va yangi boshlangan yilning uch ish kuni mobaynida Yagona g'azna hisobvarag'iga o'tkazilgan daromadlar o'tgan yilning daromadlari hisoblanadi.
Joriy yilning Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlaridan barcha to'lovlar moliya yiliga qo'shimcha vaqt davri tugaganidan so'ng yakunlanadi.
Qo'shimcha vaqt davrida joriy moliya yili uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini ijro etish bo'yicha operatsiyalar, shu jumladan:
byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini to'lash;
byudjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag'lar summalarini byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg'armalariga (tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armalariga) o'tkazish;
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari mablag'lari hisobidan boshqa ruxsat etilgan to'lovlar amalga oshiriladi.
Byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish yuqori va quyi turuvchi byudjetlar, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari o'rtasidagi o'zaro qarzdorlikning jami summasi to'lanishini nazarda tutadi.
O'tgan yilni yakunlash bo'yicha qo'shimcha vaqt davrida muayyan to'lovlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn131-modda. Joriy moliya yilini yakunlash
(131-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.