Byudjet kodeksi

130-modda. Qabul qilingan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari mavjud bo'lmaganda byudjetni ijro etish tartibi

(130-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari yil boshlanguniga qadar qabul qilinmagan bo'lsa, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda ijro etiladi: o'tgan moliya yilida amalda bo'lgan soliqlar, yig'imlar va davlat bojlari, shuningdek soliq bo'lmagan to'lovlarni taqsimlash normativlari saqlab qolinadi; Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari yil boshlanguniga qadar qabul qilinmasa, boshlanayotgan moliya yilida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining o'tgan moliya yilining oxirgi choragidagi ajratilgan mablag'lar doirasida xarajat qilinadi. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda, moliya yili mobaynida xarajatlarning umumiy summasi qabul qilingan Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.