Davlat byudjetining qo'shimcha manbalari Davlat byudjetining har bir darajasidagi byudjetlarida alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi:
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag'laridan;
O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo'yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan;
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lardan;
O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi tomonidan kamaytirilishi natijasida maqbullashtirilgan mablag'lardan;
O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi tomonidan qo'shimcha aniqlangan daromadlardan respublika byudjetiga undirilgan mablag'lardan.
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag'lar;
ushbu Kodeksning 120-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag'lar kamaytirilishi natijasida bo'shab qolgan mablag'lardan.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi, tegishli byudjet daromadlarini undirishga vakolatli organlar o'rtasida rasmiylashtiriladigan solishtirma dalolatnomalarga asosan Davlat byudjeti darajalari kesimida alohida aniqlanadi.
Har oy yakunlari bo'yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar tegishli moliya yilida O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetida shakllangan qo'shimcha manbalar miqdori to'g'risidagi ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining erkin qoldiq mablag'lari ularning shaxsiy g'azna hisobvaraqlaridagi byudjet mablag'lari qoldig'ining ushbu byudjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag'lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari, Toshkent shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi birinchi — uchinchi hisobot choraklari uchun haqiqatda tushgan tushumlarning tegishli hisobot choraklari uchun soliqlar, yig'imlar, davlat bojlari va soliq bo'lmagan to'lovlar bo'yicha daromadlarning aniqlangan prognozidan ortiq summasi sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Quyi turuvchi byudjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini yuqori turuvchi byudjetda markazlashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablag'larning miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining qo'shimcha manbalari quyidagilardir:
yil boshidagi holatga ko'ra davlat maqsadli jamg'armalarining shaxsiy g'azna hisobvaraqlaridagi mablag'larning yil boshiga tasdiqlangan mablag'lar miqdoridan ortiq bo'lgan qoldiqlari;
davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini ijro etish jarayonida joriy yil daromadlari prognozining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo'yicha, ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan oshirib bajarilishi;
davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini ijro etish jarayonida ularning xarajatlari iqtisod qilinishi natijasida bo'shab qolgan mablag'lar.
lex.uz’dagi asl matn119-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining qo'shimcha manbalari
(119-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.