Byudjet kodeksi

118-modda. Byudjet tizimi byudjetlari o'rtasida tushumlarni taqsimlash

(118-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar byudjet tizimi byudjetlari o'rtasida taqsimlanadi. Byudjet tizimi byudjetlari o'rtasidagi tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi. Tartibga soluvchi daromadlardan Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga hamda tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratmalarning normativlari tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining byudjetlari o'rtasida taqsimlash O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda Davlat byudjetiga o'tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo'lsa (bundan ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno), bu turdagi daromadlar O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga o'tkaziladi. Byudjet tizimi byudjetlariga ortiqcha yoki noto'g'ri to'langan tushum summalarini qaytarish ularni qaytarish vaqtida amalda bo'lgan ajratmalarning normativlariga muvofiq tegishli byudjet tizimi byudjetlaridan, bekor qilingan daromad turlari bo'yicha esa O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli iqtisodiyot va moliya organlarining taklifiga ko'ra mahalliy soliqlar to'liq hajmda kiritiladigan byudjet darajasini belgilaydi. Agar qonunchilikda mahalliy byudjetlarga o'tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo'lsa, unda bu turdagi daromad Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.