Bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yo'l qo'yiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda to'liq yoki qisman olib qo'yilishi yoki almashtirilishi mumkin.
Odamlarning sog'lig'i, atrof muhit uchun katta xavf tug'diradigan yoxud ommaviy qirg'in quroli tayyorlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan ashyolar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni olib qo'yish yoki almashtirish
(408-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.