Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni bojxona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ijozati hamda nazorati ostida bojxona hududiga ularni olib kirish, ushbu hududdan olib chiqish yoki olib kirilgan ashyolarni undan olib o'tishga yo'l qo'yiladigan tezkor-qidiruv tadbiridir.
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar xalqaro qonunga xilof muomalada bo'lishining oldini olish, shuningdek bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar har bir alohida holda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishuvlarga ko'ra yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, ya'ni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning, shuningdek boshqa ashyolarning o'z nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib o'tilishiga yo'l qo'yadi.
Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi bo'lgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yo'l bilan topilgan ashyolarga nisbatan o'zi bilan g'ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda deb hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin.
Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish to'g'risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda har bir alohida holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bojxona organlari bilan kelishilgan holda tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiradi.
Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda O'zbekiston Respublikasida jinoyat ishi qo'zg'atilmaydi.
Nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiruvchi organ rahbari qabul qilingan qaror haqida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish
(407-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.