Bojxona kodeksi

368-modda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish

(368-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining andaza nusxasini hamda unga doir sharhlarni ishlab chiqish va saqlab turish; 2) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga doir sharhlarning va uni talqin etish bo'yicha tasnifiy yechimlarning nashr etilishini ta'minlash; 3) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining xalqaro asosiga doir o'zgartish va qo'shimchalarni, mazkur asosni talqin etishga doir xalqaro tushuntirishlarni hamda qarorlarni kuzatib borish; 4) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga o'zgartish va qo'shimchalarni ishlab chiqish, kiritish, shu jumladan bu o'zgartish va qo'shimchalarni mazkur nomenklaturaning xalqaro asosiga muvofiq ishlab chiqish, kiritish to'g'risida takliflar tayyorlash; 5) tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida aniqlashtirish; 6) ayrim tovarlarni tasniflash bo'yicha bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va e'lon qilish. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.