Bojxona kodeksi

367-modda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan ro'yxati bo'lib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, o'lchov birliklarini hamda izohlarni o'z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg'unlashtirilgan tizimiga asoslanadi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.