Bojxona kodeksi

341-modda. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish

Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish to'g'risidagi ariza depozit qaysi bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga tushgan bo'lsa, o'sha bojxona organiga yoxud bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organiga beriladi. Tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilganligi bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ikki ish kuni ichida bojxona organi bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozit qaytarilishini amalga oshiradi. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish to'lov qaysi valyutada kiritilgan bo'lsa, o'sha valyutada bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.