To'lovchi bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash uchun bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga ushbu Kodeksning 337 va 338-moddalarida belgilangan miqdorda pul mablag'lari summasini kiritadi.
Pul mablag'lari bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga (bundan buyon matnda depozit deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida kiritiladi.
Saqlangan vaqt uchun depozit summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Depozitni qaytarish to'lovchining arizasi bojxona organi tomonidan olingan kundan e'tiboran besh ish kunidan kechiktirmay mazkur arizaga ko'ra amalga oshiriladi.
Depozitni qaytarish to'g'risidagi ariza to'lovchi tomonidan bojxona organiga majburiyat bajarilganidan keyin, lekin majburiyat bajarilgan kunning ertasidan e'tiboran uch yildan kechiktirmay beriladi. Agar depozitni qaytarish to'g'risidagi ariza belgilangan muddatda berilmagan bo'lsa, depozit summasi bojxona organi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga o'tkaziladi.
To'lovchi tomonidan depozit bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, kiritilgan pul mablag'lari bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lash hisobiga depozit summasidan olinadi.
lex.uz’dagi asl matn340-modda. Pul mablag'larini bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga kiritish va ularni qaytarish shartlari
(340-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.