Bojxona kodeksi

327-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash muddatlari

(327-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-891-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.12.2023 й., 03/23/891/0989-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Bojxona to'lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda to'lanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona to'lovlarini to'lash muddati quyidagicha belgilanadi: quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tiladigan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq; shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha imtiyozlar berilishidan ko'zlanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda — tovarlardan foydalanish va ularni tasarruf etish bo'yicha cheklovlarga rioya etilmagan birinchi kun; bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o'tilayotgan tovarlar uchun — bojxona chegarasi kesib o'tilgan kun. Agar bu kunni aniqlashning imkoni bo'lmasa, tovarlarni bojxona chegarasidan noqonuniy olib o'tish fakti bojxona organlari tomonidan aniqlangan kun bojxona to'lovlarini to'lash kuni hisoblanadi; bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 66-moddasiga muvofiq. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan taqdirda, bojxona to'lovlarini kechiktirib va bo'lib-bo'lib to'lashga imkoniyat berilgan oxirgi to'lash kuni bojxona to'lovlarini to'lash muddati hisoblanadi. To'lanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog'liq bo'lmagan bojxona yig'imlari bojxona organlari tomonidan tegishli harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilguniga qadar yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq bojxona hududida to'lanadi. Bojxona to'lovlarini to'lash muddatlari buzilgan taqdirda bojxona to'lovlari o'z vaqtida to'lanmaganligi uchun ushbu Kodeksning 349-moddasiga muvofiq penya hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.