Bojxona kodeksi

326-modda. Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish

Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish: bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni; to'lanishi bojxona rasmiylashtiruviga bog'liq bo'lmagan bojxona to'lovlari uchun — bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasining O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo'yicha amalga oshiriladi. Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda davriy bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish hamda tovarlarni quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tishda bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish ushbu Kodeksning 66 va 172-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.