Bojxona kodeksi

271¹-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanganda tovarlarni chiqarib yuborish

(271¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojxona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojxona to'lovlari to'langan va bojxona ekspertizasi natijalariga ko'ra qo'shimcha ravishda to'lanishi lozim bo'lgan miqdordagi bojxona to'lovlarini to'lash ta'minoti taqdim etilgan bo'lsa, bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatuvchi belgilar bojxona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.