Bojxona kodeksi

271-modda. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish asoslari

(271-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Quyidagi shartlarga rioya etilishi tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish uchun asos bo'ladi: bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni tekshirish vaqtida qonunchilik buzilganligi bojxona organlari tomonidan aniqlanmaganda; bojxona organiga O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborish uchun zarur bo'lgan litsenziyalar, sertifikatlar, boshqa davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda, bundan shunday hujjatlarning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilganidan keyin taqdim etilishi hollari mustasno; tovarlarni va transport vositalarini tanlangan bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlariga deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan (agar bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha operatsiyalarni shartnoma asosida bajarayotgan bo'lsa) rioya etilganda; tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona to'lovlari to'langanda yoxud ularning to'lanishini ta'minlash taqdim etilganda. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish bojxona organlari mansabdor shaxslarining ishtirokisiz, bojxona organlarining axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.