Davlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)

4.2-band. 4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: (2-qism)

4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: agar meros mol-mulk ko'chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo'lsa (har bir mol-mulk uchun) BHMning 50 foizi mol-mulkning boshqa barcha turlari uchun BHMning 30 foizi Izoh . Turar-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida o'tayotgan meros mol-mulkning summasi merosxo'rlik tayinlangan kunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va bo'limlari tuman (shahar) filiallari tomonidan belgilangan baholash ma'lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi. n) er-xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushga bo'lgan mulk huquqi to'g'risidagi guvohnoma berganlik uchun BHMning 50 foizi o) avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o'tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi avtomototransport vositalari uchun BHMning 3 baravari bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun BHMning 25 foizi Izoh . Ayirboshlash shartnomasi rasmiylashtirilayotganda davlat boji faqat bir avtomototransport vositasi uchun undiriladi. Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda: mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini o'tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi; yo'l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o'tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o'zgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga ko'ra va notariusning topshirig'iga binoan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining s?d-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar bo'lmagan hududlarda esa — «O'zavtotexxizmat» mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi. p) avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga BHMning 50 foizi boshqa shaxslarga BHMning 2 baravari r) ko'chmas mol-mulkni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga BHMning 25 foizi boshqa shaxslarga BHMning 50 foizi s) boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun BHMning 10 foizi t) meros mol-mulkni muhofaza qilish choralarini ko'rganlik uchun BHMning 30 foizi u) hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining to'g'riligini shahodatlash uchun
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.